2025-yil aprel oyi davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi turizm yo‘nalishi tinglovchilari uchun o‘quv jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi. “Hilton” mehmonxonasi dunyo miqyosida xizmat ko‘rsatish sifati, mijozlarga yondashuvi va global standartlarga asoslangan menejment tizimi bilan ajralib turadi. Tinglovchilar bu yerda mehmonxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari — bron qilishdan tortib, xizmat ko‘rsatish, mijozlar ehtiyojini o‘rganish, xodimlar tayyorlash va ichki boshqaruv tizimi bilan yaqindan tanishishdi. HomeUncategorized

Leave a Comment