O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori va ushbu qaror asosida tasdiqlangan Nizom talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha turli davlat OTMlaridan kelgan professor-o‘qituvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va masofaviy shakllarda budjet hisobidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishi belgilangan.
Ushbu qayd etilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ham tegishli yo‘nalishlarning o‘quv rejasiga muvofiq har uch yilda malaka oshirishlari belgilangan. Bu talablarning ijrosi oliy taʼlim muassasalarining attestatsiya-akkreditatsiya jarayonida o‘rganiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Sizlarga shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalaringiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarini quyidagi yo‘nalishlar asosida qisqa muddatli kurslarni taklif etadi.
Qisqa muddatli kurslar ro‘yxati
(kurslarning o‘quv hajmi 36 soatni tashkil qiladi)
t/r | Qisqa muddatli kurslar nomi | izoh |
1. | Xalqaro maʼlumotlar bazalari (Web of Science, Scopus, EBSCO, Science Direct, Springer, RINS va boshqalar) ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy jurnallar talablari asosida maqolalarni yozish va chop etish tartibi | Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar uchun |
2. | Kompyuterni sozlash, tuzatish va turli kompyuter dasturlari bilan ishlashni mukammal o‘rganish kurslari (Windows, Microsoft Office, AutoCAD, 3D max, Corel Draw, Adobe Photoshop va h.k.) | Barcha hoxlovchilar uchun |
3. | Mukammal darajada, qiziqarli taqdimotlar (Prezentatsiylar) tayyorlash sanʼati va sirlari | Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar uchun |
4. | Turli xil nizolarni boshqarish va o‘z fikringizni himoya qila olish, psixologik kurslari | Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar uchun |
5. | Zamonaviy buxgalteriya kurslari (MHXS (MSFO), 1S va UzASBO va boshqa dasturlar) | Professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va barcha hoxlovchilar uchun |
