Asosiy mazmunga o‘tish
Ish vaqti: 09:00–18:00 Boshqaruv

Xalqaro ilmiy aloqalar

TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi va UIBE tomonidan 2025-yil 22 sentabr oyida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Hamkorlik to‘g‘risida memorandum” loyihasi ishlab chiqildi va imzolashga tayyorlandi.

Mazkur memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:

  • O‘quv va ilmiy sohalarda tajriba almashish;
  • Pedagoglar, ilmiy xodimlar va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Qo‘shma ilmiy loyihalar va seminarlar tashkil etish;
  • Professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
  • Xalqaro grantlar asosida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
  • Pedagog kadrlar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

Mazkur memorandum pedagog kadrlar uchun qo’shma malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Memorandum loyihasi tayyorlanib, ikki tomonlama kelishuv asosida muvofiqlashtirildi. Hujjat 5 yil muddatga mo’ljallangan bo’lib, tomonlarning o’zaro roziligi bilan uzaytirilishi mumkin. Memorandum pedagogik sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.