Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi 2025-yil 11-13 noyabr kunlari Gruziyaning Telavi davlat universitetida bo’lishdi. O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar tashkil etilib, ta’lim dasturi modullari bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma ta’lim dasturini 2026-yil bahor semestridan boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari hamda ERASMUS+ xalqaro grant va loyihalari doirasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi 2025-yil 14-18 noyabr kunlari Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida (Boku) bo‘lishdi va bo’lib o‘tgan uchrashuvda dastur ijrosini amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Akademik mobillik bo‘yicha qo‘shma tashkiliy reja ishlab chiqildi hamda ilmiy-metodik asoslar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quv jarayonlari va professor-o‘qituvchilar almashinuvini muvofiqlashtirish, xalqaro grantlar va loyihalar doirasida hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.
