Tarmoq markazi
TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazi) tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1992 yil 20 oktyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida iqtisodiy yo‘nalishlardagi professor-o‘qituvchilar o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish instituti tashkil qilingan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 dekabrdagi 567- sonli qaroriga binoan iqtisodiy mutaxassislikdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda o‘rta bo‘g‘in boshqaruv rahbarlarini zamonaviy o‘rta va kichik biznes sohasida malakasini oshirish bo‘yicha ham ijobiy ishlar olib borilganligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1994 yil 25 yanvardagi 20-sonli buyrug‘i bilan ushbu Institut “Iqtisodiyot, biznes mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti”(IBMMOQTI) deb nomlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazi) tashkil etilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi davlat muassasasi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 14 apreldagi 92-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan va 2023 yil 28 apreldagi 873656 raqamli guvohnoma bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustavga muvofiq tashkil etilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Ekonometrika
- Mintaqaviy iqtisodiyot
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
- Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo’yicha)
- Bojxona ishi (faoliyat turlari bo’yicha)
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Bank ishi va auditi
- Sug’urta ishi
- Byudjet nazorati va g’aznachiligi
- Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Birja ishi
- Investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish
- Islom iqtisodiyoti va moliyasi
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
- Inson resurslarini boshqarish
- Biznes-tahlil
- Korporotiv boshqaruv,
- Logistika (yo’nalishlar bo’yicha)
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha)
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
- Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
- Moliya sohasida boshqaruv
- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Savdo ishi (turlari bo’yicha)
- Baholash ishi
- Agrobiznes va investitsion faoliyat
- Elektron tijorat
- Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
- Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish.
Shuningdek, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi:
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
- Soliqlar va soliqqa tortish
- Bojxona ishi (Faoliyat turlari bo’yicha)
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Marketing
- Moliya
- Bank ishi
- Bank ishi va auditi
- Sug’urta ishi
- Byudjet nazorati va g’aznachiligi
- Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Inson resurslarini boshqarish
- Logistika (yo’nalishlar bo’yicha)
- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
- Savdo ishi (turlari bo’yicha)
- Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
- Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish
- Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
Oliy va professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo’nalishari Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori hamda professional ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga muvofiq o’zgartirishlar kritilib boriladi.
Meet our Teachers
Teachers














