Tarmoq markazi

 

TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazi) tashkil etilgan.

shape

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1992 yil 20 oktyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida iqtisodiy yo‘nalishlardagi professor-o‘qituvchilar o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish instituti tashkil qilingan.

Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 dekabrdagi 567- sonli qaroriga binoan iqtisodiy mutaxassislikdagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda o‘rta bo‘g‘in boshqaruv rahbarlarini zamonaviy o‘rta va kichik biznes sohasida malakasini oshirish bo‘yicha ham ijobiy ishlar olib borilganligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1994 yil 25 yanvardagi 20-sonli buyrug‘i bilan ushbu Institut “Iqtisodiyot, biznes mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti”(IBMMOQTI) deb nomlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (keyingi o‘rinlarda – Tarmoq markazi) tashkil etilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi davlat muassasasi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 14 apreldagi   92-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan va 2023 yil 28 apreldagi 873656 raqamli guvohnoma bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustavga muvofiq tashkil etilgan.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi:

  1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  2. Ekonometrika
  3. Mintaqaviy iqtisodiyot
  4. Iqtisodiy xavfsizlik
  5. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  6. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
  7. Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo’yicha)
  8. Bojxona ishi (faoliyat turlari bo’yicha)
  9. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  10. Bank ishi va auditi
  11. Sug’urta ishi
  12. Byudjet nazorati va g’aznachiligi
  13. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  14. Birja ishi
  15. Investitsion loyihalarga xizmat ko’rsatish va moliyalashtirish
  16. Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  17. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  18. Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
  19. Inson resurslarini boshqarish
  20. Biznes-tahlil
  21. Korporotiv boshqaruv,
  22. Logistika (yo’nalishlar bo’yicha)
  23. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)
  24. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo’yicha)
  25. Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
  26. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
  27. Moliya sohasida boshqaruv
  28. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  29. Savdo ishi (turlari bo’yicha)
  30. Baholash ishi
  31. Agrobiznes va investitsion faoliyat
  32. Elektron tijorat
  33. Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
  34. Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish.

 

Shuningdek, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi:

  1. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
  2. Soliqlar va soliqqa tortish
  3. Bojxona ishi (Faoliyat turlari bo’yicha)
  4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  5. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  6. Marketing
  7. Moliya
  8. Bank ishi
  9. Bank ishi va auditi
  10. Sug’urta ishi
  11. Byudjet nazorati va g’aznachiligi
  12. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  13. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  14. Inson resurslarini boshqarish
  15. Logistika (yo’nalishlar bo’yicha)
  16. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
  17. Savdo ishi (turlari bo’yicha)
  18. Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
  19. Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish
  20. Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish

 

Oliy va professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo’nalishari Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori hamda professional ta’lim yo’nalishlari,  mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga muvofiq o’zgartirishlar kritilib boriladi.

 

 

 

0 +
Students Enrolled
0 +
Courses Uploaded
0 +
People Certifie
0 +
Global Teachers