Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi iqtisodiyot, biznes, boshqaruv sohasi mutaxassislarini va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi:
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, intensiv kurslar bilan birga, qisqa muddatli maxsus kurslar va seminar treninglarni ham tashkil etish;
iqtisodiyot, biznes va boshqaruv sohasi xodimlari, nodavlat oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini yangilab borish maqsadida shartnoma asosida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, maxsus kurslar, maslahatlar berish va hududlarda sayyor seminarlar ham tashkil etish;
kurslar doirasida sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada mashg’ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv, uslubiy va moddiy-texnika bazasini tashkil etish;
masofadan o‘qitish usullari asosida oliy ta’lim pedagog kadrlari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish ishlarini ham amalga oshiradi.
