Markazning misssiyasi
Ilmga asoslangan, innovatsiya bilan integratsiyalashgan hamda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlar va zamonaviy yetuk tajribalar asosida iqtisodiyot sohasi mutaxassislari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Markaz qadriyatlari
- iqtisodiyot sohasi mutaxassislari va pedagog kadrlarining ongida ustun qadriyatlar sifatida professionallikni shakllantirish;
- Yangi ilmiy farazlarni ilgari surish;
- Tinglovchilarning imkoniyatlari va harakatlarini natijaga aylantirishga ko‘maklashish;
- “Beshikdan – qabrgacha ilm izla” xalq naqlini ustun qadriyat sifatida belgilash.
Markazning strategik maqsadi
Iqtisodiyot sohasi mutaxassislari va oliy va professional ta’lim pedagoglarini bilimlarini tizimlashtirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi ilmlarni shakllantirish, mehnat faoliyatini takomillashtirish va samarali tashkil etish uchun motivatsiya va eslatma berish, eskirgan ta’lim yondashuvlarini xalqaro hamjamiyat amaliyotiga almashtirish va ilg‘or innovatsion modellarni olg‘a surish
Markazning strategik vazifalari
- Ilg‘or xorijiy tajriba hamda yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ishlab chiqish va metodik ta’minotni yo‘nalishlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirib borish;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun soha akademiklari, xorijiy davlatlarning universitetlarida tahsil olgan, xorijda stajirovka, malaka oshirishdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar, tajribali mutaxassis va amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etish;
- Tarmoq markazida tarmoq va soha ehtiyojlari asosidagi malaka oshirish hamda kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarining namunaviy o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va shartnoma asosida, kadrlar buyurtmachilari talablari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, masofaviy yoki Blended learning (aralash o‘qitish) shakllarida kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
- Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga kundalik ish faoliyatida zarur bo‘lgan trenddagi bilimlarni berishni a’nanaga aylantirish;
- Kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qisqa muddatli shartnoma asosidagi malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Tarmoq markazining “Malaka Tsuye.uz” Veb cahifasini yaratish va markazning faoliyatini saytda yoritib borish hamda tinglovchilar uchun zarur o‘quv kontentlarini joylashtirish uchun maxsus platformasini yaratish;
- Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun masofaviy malaka oshirish kurslarining elektron ta’lim resurslarini yangilash hamda ularni Bosh ilmiy-metodik markaz portalining masofaviy malaka oshirish sahifasiga va markazning platformasiga joylashtirishni ta’minlash;
- Sohaning tajribali mutaxassislari, O’zbekistonning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlari, iqtisodchi-tahlilchilari hamda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda mahorat darslari (workshop)ni tashkil etish;
- Oliy ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish, shartnomalar tuzish hamda on-layn ma’ruzalar tashkil etish;
- Tinglovchilarning o‘quv, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy, badiiy adabiyotlar va boshqa resurslarga bo‘lgan ehtiyoji asosida Axborot-resurs markazi fondini boyitib borish.
