O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-sonli, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori va ushbu qaror asosida tasdiqlangan Nizom talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha turli davlat OTMlaridan kelgan professor-o‘qituvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va masofaviy shakllarda budjet hisobidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishi belgilangan.
Ushbu qayd etilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ham tegishli yo‘nalishlarning o‘quv rejasiga muvofiq har uch yilda malaka oshirishlari belgilangan. Bu talablarning ijrosi oliy taʼlim muassasalarining attestatsiya-akkreditatsiya jarayonida o‘rganiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Sizlarga shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalaringiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarini quyidagi yo‘nalishlar asosida pedagogik qayta tayyorlash kurslarni taklif etadi.
Qayta tayyorlash yo‘nalishlari ro‘yxati (576 soatdan kam bo‘lmagan)
t/r | Qayta tayyorlash yo‘nalishlari nomi |
1. | Baholash ishi |
2. | Bank ishi va auditi |
3. | Biznesni boshqarish va biznes-tahlil |
4. | Budjet nazorati va g‘aznachiligi |
5. | Buxgalteriya hisobi va audit |
6. | Inson resurslarini boshqarish |
7. | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
8. | Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar |
9. | Korporativ boshqaruv |
10. | Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
11. | Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish |
12. | Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
13. | Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
14. | Raqamli iqtisodiyot |
15. | Soliqlar va soliqqa tortish |
16. | Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
17. | Sug‘urta ishi |
18. | Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
