Markaz direktori iqtisod fanlari doktori, professor, Karimov Narboy G‘anievich

Qabul kunlari: seshanba, payshanba, juma kunlari soat 14:00 – 16:00
Telefon: +998-71-239–01–96
E–mail: norboykarimov@mail.ru
Vazifalari
Markaz faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaz nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, markaz mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida markazning hisob raqamini ochadi, markaz mol-mulki va moliyaviy mablag’laridan o’rnatilgan tartibda foydalanish bo’yicha buyruqlar beradi;
barcha xodimlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
markaz bo’linmalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi hamda xodimlarning xizmat vazifalarini belgilaydi;
o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq markazning faoliyatini tashkil etadi, amaldagi tuzilmasiga vazirlik bilan kelishilgan holda xodimlarning soni doirasida o’zgartirishlar kiritadi;
vazirlik bilan kelishgan holda bo’lim boshliqlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
mehnat, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlaydi;
markaz faoliyati bo’yicha vazirlikka muntazam ravishda hisobot berib boradi.
Biografiya
Karimov Narboy G‘anievich 1967 yilning 5 sentyabrida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyatini 1984 -yilda Jizzax viloyati Baxmal tumani jamoa xo‘jaligi ishchisi sifatida boshlagan. 1985 – 1987 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1987 yilda Toshkent xalq xo‘jalik instituti hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirib, o‘qishni 1991 yilda Moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1991 – 1992 yillarda Toshkent moliya instituti assistenti, 1992 – 1995 yillarda Toshkent moliya instituti aspiranti, 1995 – 1996 yillarda Toshkent moliya instituti katta o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borgan.
1996 – 1997 yillarda “O‘zsayohatinvestbank”ning Qimmatbaho qog‘ozlar va birja operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i, 1997 – 1998 yillarda Jamg‘arma va qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i, O‘zsayohatinvestbank” raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, boshqaruv raisi o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
1998 – 1999 yillarda Toshkent moliya instituti “Investitsion loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi mudiri, 1999 – 2005 yillarda Toshkent moliya instituti Kredit-iqtisod fakulteti dekani, 2005 – 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent bank hisob-kredit kolleji direktori, 2009 – 2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining kasb-hunar kollejlari boshqarmasi boshlig‘i va 2010 – 2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining rahbar va pedagogik kadrlarni tanlash, ular bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
2011 – 2015 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Bank ishi” kafedrasi mudiri, 2015 – 2016 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, 2016 – 2017 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Bank ishi” kafedrasi mudiri, 2017 – 2017 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiyot fakulteti dekani, 2017 -2022 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i va 2023 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimida mexnat qilib kelmoqda.
N.G. Karimov tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilingan bo‘lib, 6 ta yakka mualliflikdagi monografiya, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta darslik, ilmiy jurnallarda 120 dan ortiq ilmiy maqolalar, (shundan 80 dan ortig‘i OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda, 19 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda), shuningdek, 30 dan ortiq ilmiy – amaliy anjumanlarda ma’ruza tezislari chop etilgan.
