Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Norboy Karimov boshchiligidagi delegatsiya 10-20-fevral kunlari Qo‘rqit Ota nomidagi Qizilo‘rda universitetida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish, dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish va ilmiy-uslubiy maslahatlar berishga yo‘naltirilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
 
Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini yana-da takomillashtirishga qaratilgan.
Tarmoq markazi vakillari Qo‘rqit Ota nomidagi universitetning “Bank ishi” va “Moliyaviy tahlil” kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, “Moliyalar” va “Iqtisodiy tahlil asoslari” fanlaridan dars mashg‘ulotlari hamda ilmiy-uslubiy maslahatlar berildi.
Professor Norboy Karimov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan tashkil etilgan darslar va maslahatlar pedagog kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-uslubiy tajriba almashish va metodik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Qizilo‘rda universiteti rahbariyati bu hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Mazkur tashrif pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ilmiy-uslubiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.