TDIU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi va UIBE tomonidan 2025-yil 22- sentabr oyida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Hamkorlik to‘g‘risida memorandum” loyihasi ishlab chiqildi va imzolashga tayyorlandi.

     Mazkur memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:

   – O‘quv va ilmiy sohalarda tajriba almashish;
   – Pedagoglar, ilmiy xodimlar va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
   – Qo‘shma ilmiy loyihalar va seminarlar tashkil etish;
   – Professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
   – Xalqaro grantlar asosida qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
   – Pedagog kadrlar uchun qo‘shma malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

    Mazkur memorandum pedagog kadrlar uchun qo’shma malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Memorandum loyihasi tayyorlanib, ikki tomonlama kelishuv asosida muvofiqlashtirildi. Hujjat 5 yil muddatga mo’ljallangan bo’lib, tomonlarning o’zaro roziligi bilan uzaytirilishi mumkin. Memorandum pedagogik sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.